Latifa matni:
Yozning issiq, dim kunlarining birida podsho Afandi bilan boqqa chiqdi. Pashshalar bet-qo`liga qo`na berganidan bezor bo`lgan podsho so`radi:
— Nega bu pashshalar faqat menga yopishadilar, sira sizga qo`nmaydi?
— Zehn qo`yib qarasinlar,— javob berdi Afandi, — pashshalarning hammasi o`z pashshangiz!