Bir kuni afandi
Afandi bozor aylanib yurib, bir zargarlik do`koni yonida tilla buyumlarni tomosha qilib, uzoq turib qoldi.
— Ha, birodar, buncha tikilib qoldingiz? — deb so`radi zargar.
— Mana bu oltin buyumlarga havasim kyelib qoldi. Nazarimda, bu zargarlik do`koni bo`lsa kerak-a?
— Yo`g`-e, ko`zingiz ojizroqmi o`zi? — dedi zargar o`zicha hazillashgan bo`lib, — bu yerda eshakning kallasi sotiladi-ku!
— Shunaqami? Menimcha, savdongiz juda o`ngidan kelayotganga o`xshaydi-ya?
— Qayoqdan bildingiz?
— Shunday katta do`konda faqat bittagina eshakning kallasidan boshqa narsa qolmabdi-ku!— dedi Afandi zargarning kallasiga ishora qilib...

Podsho uzoq muddatlik ovga ketgan edi. Boshqa mamlakatdan elchi kelib qoldi. Vazir uni parvarish qilishni Afandiga topshirdi. Afandi har kuni oshpazga tayinlab, elchini qirg`ovul, bedana, kaklik go`shtlaridan tayyorlangan sara ovqatlar bilan boqar edi.
Oradan besh-o`n kun o`tdi, qush go`shti elchining me’dasiga tegib, u oshpazdan so`qim go`shtidan ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. Oshpaz uning tiliga tushunmay, vazirga murojaat qildi. U ham tushunmay Afandidan tushuntirib berishni iltimos qildi.
Afandi elchi huzuriga borib, imo-ishoralar bilan maqsadini so`ragan edi, u ikki qo`lini boshi ustiga shoxga o`xshatib, o`z tilida allanarsalar dedi, Afandi sira ham tushunmadi.
— Elchi nima xohlar ekan?— so`radi vazir.
— Elchining ikki qo`lini boshi ustiga ko`targani uning podshoni ko`rmoqchiman degani,— deb javob berdi Afandi.

Bir kuni Afandi qo`y boqib yursa, bir qo`yni kalasi ariqqa tushib oqib ketibdi, buni ko`rgan Afandi bir siqim xashakni olib, ma-ma jonivor, deb tutib olibdi.
Bir kuni Afandi osh qilmoqchi bo`libdi, qarasa muzlatgichda go`sht qolmagan ekan. Jahli chiqqan Afandi shartta qo`liga pichoqni olib, shimini yechibdi-da... Boshqa shimini, kiyib qassobxonaga ketibdi.
Afandi sartarosh bo`lib podshoning sochini olar edi. Qo`rqqanidan qo`li qaltirab, podshoning boshini kesib oldi.
Podsho qichqirdi:
— Ko`zingga qara, yaramas, boshimni kesding!
— Tovba, kesilgan boshning gapirishini umrim bo`lib endi ko`rishim,— dedi ajablanib Afandi.

Afandi temirchilik qilar ekan. Bir kuni qizigan temirni olib, bolg`alayman deb tursa, boy kelibdi-da, temirga qarab:
— Temirni qiziganini qara, ushlasang qo`ling yopishib qolsa kerak-a?
— Boy buva, agar hozir bitta tilla tanga bersangiz, qo`limga olib tilimga ham tegizishim mumkin.
— Yo`g`eye, mana ol tilla tanga, deb bitta tilla tanga bersa.
Afandi tilla tangani qo`liga olib, keyin tiliga tekkizibdi-da, cho`ntagiga solib qo`yibdi.

Afandidan so`radilar:
— Osmonda qancha yulduz borligini balki siz bilarsiz?
— Ochig`ini aytsam, men ham shuni bilishni istayman. Anchadan beri sanamoqchi bo`lib yuribmanu, lekin imkoni bo`lmayapti.
— Nega imkoni bo`lmaydi?
— Yulduzlarni yerdan turib sanab bo`lmaydi, osmonga chiqish kerak. Lekin bunga kunduzi vaqtim yo`q. Kechasi bo`lsa, osmonga chiqib qorong`ida adashib ketishdan qo`rqaman.

Kuz, kunlar sovigan Afandini o`g`li do`konga kirib sotuvchidan:
— Amaki bitta qaynoq muzqaymoq bering - debdi.

Bir kuni tushida qo`shni xotinlar Afandini chiroyli, yosh qizga uylantirmoqchi bo`lishib turganlarida u uyg`onib ketib, xotinini turta boshladi:
— Xotin, xotin, tur, ish chatoq!
— Nima gap?— uyqusirab so`radi xotini.
— Qo`shnilar meni uylantirishmoqchi, ularni hayda!
— Tinch qo`ying, uyqumni buzmang?
— Bilib qo`y, men seni oldindan ogohlantirib qo`ymoqdaman. Haqiqatan ham ularning shunday niyati bo`lsa, keyin mendan o`pkalab yurma,— dedi Afandi.

Afandining birov bir narsa so`rasa, o`sha zahoti bermay, ertasiga beradigan g`alati odati bor edi. Bir kun qo`shnisi:
— Bir oshlik tuz berib turing,— dedi.
— Tuz yo`q edi-ku,— deb qaytardi-da, ertasiga o`zi olib chiqib berdi.
— Iye, bor ekan-ku, nega kecha bera qolmay, bugun o`zingiz olib chiqdingiz?
— Beradigan narsamning qadri bilinsin, dedim-da.