Latifa matni:
Afandi bozor aylanib yurib, bir zargarlik do`koni yonida tilla buyumlarni tomosha qilib, uzoq turib qoldi.
— Ha, birodar, buncha tikilib qoldingiz? — deb so`radi zargar.
— Mana bu oltin buyumlarga havasim kyelib qoldi. Nazarimda, bu zargarlik do`koni bo`lsa kerak-a?
— Yo`g`-e, ko`zingiz ojizroqmi o`zi? — dedi zargar o`zicha hazillashgan bo`lib, — bu yerda eshakning kallasi sotiladi-ku!
— Shunaqami? Menimcha, savdongiz juda o`ngidan kelayotganga o`xshaydi-ya?
— Qayoqdan bildingiz?
— Shunday katta do`konda faqat bittagina eshakning kallasidan boshqa narsa qolmabdi-ku!— dedi Afandi zargarning kallasiga ishora qilib...