Podsho uzoq muddatlik
Latifa matni:
Podsho uzoq muddatlik ovga ketgan edi. Boshqa mamlakatdan elchi kelib qoldi. Vazir uni parvarish qilishni Afandiga topshirdi. Afandi har kuni oshpazga tayinlab, elchini qirg`ovul, bedana, kaklik go`shtlaridan tayyorlangan sara ovqatlar bilan boqar edi.
Oradan besh-o`n kun o`tdi, qush go`shti elchining me’dasiga tegib, u oshpazdan so`qim go`shtidan ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. Oshpaz uning tiliga tushunmay, vazirga murojaat qildi. U ham tushunmay Afandidan tushuntirib berishni iltimos qildi.
Afandi elchi huzuriga borib, imo-ishoralar bilan maqsadini so`ragan edi, u ikki qo`lini boshi ustiga shoxga o`xshatib, o`z tilida allanarsalar dedi, Afandi sira ham tushunmadi.
— Elchi nima xohlar ekan?— so`radi vazir.
— Elchining ikki qo`lini boshi ustiga ko`targani uning podshoni ko`rmoqchiman degani,— deb javob berdi Afandi.