Latifa matni:
Afandidan so`radilar:
— Osmonda qancha yulduz borligini balki siz bilarsiz?
— Ochig`ini aytsam, men ham shuni bilishni istayman. Anchadan beri sanamoqchi bo`lib yuribmanu, lekin imkoni bo`lmayapti.
— Nega imkoni bo`lmaydi?
— Yulduzlarni yerdan turib sanab bo`lmaydi, osmonga chiqish kerak. Lekin bunga kunduzi vaqtim yo`q. Kechasi bo`lsa, osmonga chiqib qorong`ida adashib ketishdan qo`rqaman.