Latifa matni:
Bir kuni tushida qo`shni xotinlar Afandini chiroyli, yosh qizga uylantirmoqchi bo`lishib turganlarida u uyg`onib ketib, xotinini turta boshladi:
— Xotin, xotin, tur, ish chatoq!
— Nima gap?— uyqusirab so`radi xotini.
— Qo`shnilar meni uylantirishmoqchi, ularni hayda!
— Tinch qo`ying, uyqumni buzmang?
— Bilib qo`y, men seni oldindan ogohlantirib qo`ymoqdaman. Haqiqatan ham ularning shunday niyati bo`lsa, keyin mendan o`pkalab yurma,— dedi Afandi.