Latifa matni:
Bir dehqon eshak minib shaharga kelar edi. Ittifoqo eshagi xonning arki yoniga kelganida hangrab yubordi. Ark tepasida turgan xon achchig`lanib, dehqonni darralashga buyurdi.
Hukm ijro qilindi. Ezilgan dehqon hangi eshakdan qutulish uchun uni bozorga olib kirib, Afandini ko`rdi-da, boshiga tushgan hodisani so`zladi.
— Qo`y, bunga hafa bo`lib eshagingni sotma, - dedi Afandi, - hamma eshak ham eshakni ko`rganda hangraydi!