Afandining xotini
Latifa matni:
Afandining xotini jangari chiqib qoldi. U arzimagan narsaga idish-tovoqlarni sindirar, Afandining yuziga chang solar, yana dod deb, qo`shnilarni yig`ar edi. Afandi uyiga kelishga yuragi betlamay, kechgacha ko`chada sanqib yurdi, kech bo`lganda uyga kelsa, ustidagi to`nini yechmay turib, xotini janjal boshladi:
— Onam tug`may o`lsin, sizga tegib hech halovat ko`rmadim! Odamlarning eri har ko`chaga chiqqanda hech bo`lmasa mozi ko`tarib keladi, siz bo`lsangiz so`ppayib kirib kelasiz!
— Hmm... shuni ayting, taqdir ekan-da!
— Qanoatli xotinni topib olib qadriga yetmaysiz. Mendan boshqa xotin bo`lganda nikoh kechasi siz bilan janjal boshlar edi.
— Ofarin,— dedi Afandi. — O`rtamizda tinch o`tgan kun o`sha kun edi!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandining xotini jangari chiqib qoldi. U arzimagan narsaga idish-tovoqlarni sindirar, Afandining yuziga chang solar, yana dod deb, qo`shnilarni yig`ar edi. Afandi uyiga kelishga yuragi betlamay, kechgacha ko`chada sanqib yurdi, kech bo`lganda uyga kelsa, ustidagi to`nini yechmay turib, xotini janjal boshladi: