Latifa matni:
Afandi ko`chadan o`tib ketayotgan edi, bir to`da bekorchilar uni to`xtatib so`radilar:
— Afandi, bir masalada tortishib qoldik, hal qilib bering, dunyoning kengligi qancha ekan?
Shu payt o`lik ko`tarib o`tib qoldilar. Afandi tobutni ko`rsatib dedi:
— Ana u dunyoni o`lchagani ketayotibdi, orqasidan borsalaring anig`ini bilib kela qolasizlar!