Afandi ko`chada kelayotib
Latifa matni:
Afandi ko`chada kelayotib, bir sabzipolizga ko`zi tushdi. Yelkasidagi qopni olib polizga kirdi-da, yarim qop turp, yarim qop sabzini olib, endi ko`taraman deb turgan-da, egasi kelib ushladi. Afandi yalindi-yolvordi. Nihoyat poliz egasi kavlangan sabzilar bilan Afandining orqasiga urish sharti bilan uni mahallaga sudrab sharmanda qilmaydigan bo`ldi.
Afandi ma’yuslik bilan turib berdi, poliz egasi sabzi bilan ura boshladi. Afandining usti yupqa va sabzi katta bo`lganidan, har sabzi tekkanda irg`ib tushib, «oxiri baxayr bo`lsin» deb qo`yar edi.
Poliz egasi taajjublanib so`radi:
— Bu nima deganingiz?
— E birodar, — dedi Afandi,— qopdagining hammasi sabzi bo`lganda mayli edi-ya, hali qop ostidagi turplarga navbat kelganda, o`pkamni tushirib qo`yarmikansiz?
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi ko`chada kelayotib, bir sabzipolizga ko`zi tushdi. Yelkasidagi qopni olib polizga kirdi-da, yarim qop turp, yarim qop sabzini olib, endi ko`taraman deb turgan-da, egasi kelib ushladi. Afandi yalindi-yolvordi. Nihoyat poliz egasi kavlangan sabzilar bilan Afandining orqasiga urish sharti bilan uni mahallaga sudrab sharmanda qilmaydigan bo`ldi.