Latifa matni:
Kunlardan birida hokim yo`lda ketayotgan ekan, ko`chada eshak yetaklab ketayotgan Afandini ko`rib, shofyorga:
— Otaxonni yonida to`xtat, bir bopli - debdi.
Hokim Afandiga qarab:
— Ha, Afandi, eshakni o`qishga olib ketvosizmi? - deb shofyor bilan qotib kulishibdi.
Gapga javoban Afandi:
— Ha, o`qishga olib ketvoman. O`qisa hokim bo`ladi, o`qimasa shofyor - debdi