Afandini qozilik
Latifa matni:
Afandini qozilik lavozimiga qo`ymoqchi bo`ldilar. Uni oldin podsho ulamolar o`rtasida imtihon qilib ko`rish kerak edi. Afandini chaqirib kelishdi.
— Faraz qilaylik, bir odamning echkisi bor,— dedi podsho Afandiga,— uni bozorga olib bordi. Bir odamga «bor baraka top» qilib sotdi. Hali pulini olguncha bo`lmay, echki qo`lidan chiqib qochdi. Bir odam uni ushlayman degan edi, echki suzib, uning ko`zini chiqardi. Endi bunga pulni kim to`laydi? Sotuvchimi, oluvchimi?
Afandi dovdirab qoldi. Keyin tavakkaliga:
— Sotuvchi...— deb yubordi.
— Sabab?
— Chunki «echkim suzog`ich, qochganda tutaman degan kishining ko`zini chiqazib ko`r qiladi»— deb avvaldan aybini aytmagan.