Podsho bir kuni Afandidan
Latifa matni:
Podsho bir kuni Afandidan so`radi:
— Afandi, mening qadr-qimmatim qancha bo`lar ekan?
Afandi o`ylanib turib javob berdi:
— Qadr-qimmatingiz yuz tilladan oshmaydi. Podshoning achchig`i kelib, g`azab bilan qichqirdi:
— Nega mening qadr-qimmatimni bunchalik pastga urasan, belimdagi kamarimning o`zi yuz tilla-ku!
— O`zingizni bosing, Podsho,— dedi Afandi,— shuning uchun yuz tilla dedim-da. Agar belingizdagi kamar bo`lmasa, o`zingiz bir chaqaga ham arzimaysiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Podsho bir kuni Afandidan so`radi: