Latifa matni:
Podsho, vazir va Nasriddin Afandi ovga chiqishdi. Yo`lda podsho ustidagi chakmonini yechib Afandiga berdi. Buni ko`rgan vazir ham chakmonini yechib Afandiga uzatdi. Podsho Afandiga tegajog`lik qilib:
— Afandi, ustingizdagi bir eshakning yuki bo`ldi-mi? - dedi.
Afandi darhol:
— Yo`q, shohim, ko`rib turibdilar-ku, ikki eshakning yuki! - deb javob berdi.