Afandining bir kamsut
Latifa matni:
Afandining bir kamsut, qisir qolgan, suzong`ich sigiri bor edi. Uni yetaklab bozorga sotgani olib bordi. Afandi bozorda turib xaridor chaqirar edi:
— Bir qoshiq suti bor, xolos, qisir qolgan, orqadan kelganni tepadi, oldidan kelganni suzadi, kim olsa puliga kuyadi!
U kechgacha shu xilda javrab turdi, birorta xaridor Afandining yoniga yo`lamadi. Afandining rostgo`y, soddaligidan hayron bo`lgan bir dallol kelib sigirni sotib bermoqchi bo`ldi-da; sigirni maqtay ketdi.
— Kunda to`rt tovoq sut beradi, qornida to`qqiz oylik bolasi bor, erta-indin tug`adi, qo`ydan ham yuvosh, kimki olsa foyda qilib, pulidan baraka topadi.
Dallolning so`zini eshitib, xaridorlar kela boshladi. Afandi sigirni dallolning qo`lidan olib:
— Sigirimda bunday xislatlar bor ekan, sotib nima qilaman,— dedi-da, yetaklab bozordan chiqib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandining bir kamsut, qisir qolgan, suzong`ich sigiri bor edi. Uni yetaklab bozorga sotgani olib bordi. Afandi bozorda turib xaridor chaqirar edi: