Afandi Podsho bilan
Latifa matni:
Afandi Podsho bilan ovga chiqdi. Podsho bir kiyikni quvib borib otgan edi, o`qi xato ketdi. O`zini juda ham mergan deb, har doim maqtanib yurgan Podsho Afandining oldida xijolat bo`ldi-da, o`zini oqlay boshladi:
— Qara, Afandi, juda mug`ombir ov ko`rgan quv kiyik ekan, mening o`qimga chap berib ketdi-ya.
Afandi Podshoga taskin berib, aytdi:
— Agar kiyikning o`rnida yuzta odam bo`lsa ham bexato urgan bo`lar edingiz, kiyik ham ovmi!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi Podsho bilan ovga chiqdi. Podsho bir kiyikni quvib borib otgan edi, o`qi xato ketdi. O`zini juda ham mergan deb, har doim maqtanib yurgan Podsho Afandining oldida xijolat bo`ldi-da, o`zini oqlay boshladi: