Latifa matni:
Afandi bir kuni kechasi qabriston yonidan o`tib ketayotgan edi, qarshidan bir to`da otliqlar chiqib qoldi. Afandi ularni o`g`ri gumon qilib, bir ochiq go`r ichiga kirib berkindi. Otliqlar buni payqab Afandini o`g`ri deb o`ylashdi, go`rning tepasiga kelib:
— Sen kimsan?—deyishdi.
— Murdaman,— dedi Afandi.
— Murda bo`lsang kechasi nima qilib yuribsan?
— Tomosha qilib yuribman.
— O`lik ham tomosha qilib yuradimi?
— Rost aytasizlar, men xato qilibman,— dedi Afandi va yana go`r ichiga kirib ketdi.