Podsho qalandar libosida
Latifa matni:
Podsho qalandar libosida yo`lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg`otdi.
— Ha, nima deysan?! Nega mening uyqumni buzding deb do`q qila boshladi Afandi.
— Birodar, sen yaxshi kishiga o`xshaysan, bir narsa so`ramoqchi edim, shuni aytib bergin.
— Xushomaddan Afandi erib ketib, hovridan tushdi:
— Qani, so`ra-chi, nima demoqchisan?
— Bu mamlakatning podshosi zolimmi, odilmi? Rostini ayt.
— E birodar, nimasini aytasan, u shunday qonxo`r, zolimki...— deb yomonlab ketuvdi, «qalandar» gapini bo`ldi:
— Meni taniysanmi?
— Yo`q.
— Men Podsho bo`laman.
Afandining badaniga titroq turdi, lekin sir boy bermadi:
— Meni taniysanmi?
— Yo`q.
— Men shu shaharning jinnilaridan bo`laman. Har oyda uch kun jinni bo`laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Podsho qalandar libosida yo`lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg`otdi.