Latifa matni:
Bir kuni Afandi go`sht olib keldi. Xotini undan so`radi:
— Nima ovqat qilay?
— Bilmayman, bu qanaqa ovqatga yarasa, o`shani qila ber!
Xotini go`shtni qo`liga olar ekan suyunib:
— Qo`y go`shti yaxshi narsa-da, undan hamma narsani pishirish mumkin,— dedi.
— Unday bo`lsa,— dedi Afandi,— hamma narsani pishira ber!