Latifa matni:
Afandi qorong`i kechada o`rtoqlari bilan oshxo`rlik qilib o`tirgan edi, birdan shamol turib, chiroqni o`chirib qo`ydi.
Ulfatlardan biri:
— To chiroq yoqilguncha osh yeyish yo`q! Hamma chapak chalib o`tirsin, - dedi.
Afandi tizzasini yalang`ochladi-da, uni, bir qo`li bilan shappatilab o`tirib, ikkinchisi bilan osh ustidagi go`shtni paqqos tushirdi.