Afandi ariq tepasidagi
Latifa matni:
Afandi ariq tepasidagi qil ko`prikdan o`tayotgan edi, kavushining bir poyi ariqqa tushib, oqib ketdi. Afandi olish uchun shuncha harakat qildi, bo`lmadi, noiloj:
— O`zi ham past mato, tor, oyog`imni g`ajib kelayotgan edi, zab ish bo`ldi-da, oqib ketdi,— dedi.
Afandining bu gaplarini eshitgan hamrohi ajablandi:
— Attang, bejirimgina, yangi kavush ekan, a!
— Yomon dedim, yomon,— dedi tutaqib Afandi,— yaxshi bo`lsa, juftini tashlab ketarmidi!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi ariq tepasidagi qil ko`prikdan o`tayotgan edi, kavushining bir poyi ariqqa tushib, oqib ketdi. Afandi olish uchun shuncha harakat qildi, bo`lmadi, noiloj: