Afandi tirikchilikdan
Latifa matni:
Afandi tirikchilikdan qiynalib, bir o`rtog`iga hasrat qildi.
— O`zingning e’tiqoding past,— dedi o`rtog`i,— har kimdan tama’ qilib yurmay, to`g`ri xudoning o`zidan so`ra.
Afandi «qani, xudoning o`zidan so`rab ko`ray-chi» deb. Qassobdan qo`yning pufagini olib keldi. Uni obdan iylab, puflab rosa shishirdi-da, oftobda qurutdi. Keyin o`tirib, bir parcha qog`ozga ariza yoza boshladi: «E xudo, menga yuz tanga kerak bo`lib qoldi. Dargohingdan noumid qaytarma, shuni ato qil»,— deb turar joyini ma’lum qildi. Arizani taxlab pufakka bog`ladi-da, uchirib yubordi.
Osmonda uchib ketayotgan pufakni shahar qo`rg`onida turgan merganlar ko`rib qolib, darhol urib tushirishdi. Bundoq qarashsa, qog`ozga ariza yozilgan. Ulardan biri arizani podshoga olib borib ko`rsatdi. Podsho o`qib ko`rib, bu Afandining ishi ekanligini payqadi. «Qani, nima derkin,»— deb, jo`rttaga yuz tanga o`rniga ellik tangani bir vaziriga berib yubordi.
— Afandim, siz xudodan yuz tanga so`raganmidingiz?— dyedi vazir.
— Ha, so`ragan edim.
— Kechirasiz, so`raganingizdan bir oz kamroq berib yubordi, vazir unga haligi pulni berdi.
Afandi pulni sanab olib, «Ha mayli, ellik tangani bergan xudo qolganini ham berar»— deb, vazirni jo`natdi.
Mazaxo`rak bo`lgan Afandi ertasiga yana ariza yozib uchirdi. Shahar muhofizachilari uni ham urib tushirib, arizani podshoga yubordilar. Podsho arizani o`qidi: «E xudo, mening turar joyim o`zinga ma’lum. Shunday bo`lganidan keyin, nega o`z qo`ling bilan yuboraqolmay, vazirdan berib yubording? Vazirlarning fe’li o`zinga ayon ediku. Mana, yarmisini urib qolib, yarmisini olib kelibdi. Endi bevosita o`zimga to`g`ri yuboraver...»
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi tirikchilikdan qiynalib, bir o`rtog`iga hasrat qildi.