Latifa matni:
Afandi bir xasis oshnasinikiga borgan edi, oshnasi oldiga ikkita issiq non bilan bir piyola asal qo`ydi. Afandi asalni pichog`i bilan kesib, nonning orasiga qo`yib yeya berdi. Xasis oshnasi qarasa, Afandi asalning hammasini yeb qo`yadigan ko`rinadi.
— Afandi, asalning hammasini yesalar ham mayli-ku, lekin kuchlilik qilib yurak-bag`ringizni o`rtab yuborar deyman,— dedi.
Afandi pichog`ining uchiga asaldan katta bir bo`lagini sanchib olar ekan, javob berdi:
— To`g`ri aytadilar, lekin bir xolis odam bo`lsa kimning yuragi o`rtanayotganini aytib berar edi.