Bo`limlar
Latifalar
Xotin eridan so`radi:
— Yana ichasmi-a? Yana ichasmi?
— Yo`q. Xotin yana so`radi:
— Ichasmi?
— Yo`q.
— Ohirgi martta so`rayapman, yana ichasmi?
— E, xoti—i—in, qo`ymading qo`ymading-da, xo`p quy, dermish.

Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
— Choy damla, bor, — derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
— Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o`xshab adabiyot, musiqa haqida gaplashamiz, — debdi.
Bu gap erini o`yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga:
— Jonim "Otello"ni o`qiganmisan?
— Yo`q.
— Oxunjon Madaliyevni qo`shiqlarini eshitganmisan?
— Kim u?
— Muhammad Yusufni birorta she’rini yodlaganmisan?
— Yo`q, yodlamaganman.
— Chaykovskiyni biror bir simfoniyasini eshitganmisan?
— Yo`q, eshitmaganman.
— Tur, unda choy damla...

Ikkta jinni film tomosha qilib o`tiribdi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Garov o`ynaymizmi, yigit ko`prikdan o`zini suvga tashlaydi!
— Tashlamaydi. Garov o`ynashdi. Yigit rostdan ham ko`prikdan o`zini suvga tashladi. Yutqazgan jinni cho`ntagidan pul chiqarib sherigiga uzatdi.
— Kerakmas, bu filmni ilgariyam ko`rganman, desa. Sherigi:
— Men ham ko`rganman. Lekin ikkinchi marta ham o`zini suvga tashlaydi, deb o`ylamagandim, - dermish.

Yigit qiz tanishuvi:
Yigit:
— Yaxshi qiz, sizga qanaqa yigitlar yoqadi?
— Menga harbiy yigitlar yoqadi ular qo`rqmas bo`ladi. Yanachi-yana hind yigitlari yoqadi, ular judda ehtirosli bo`lishadi.
— Yanachi?
— Koreys yigitlari yoqadi ular mohir qilichboz bo`lishadi.
— Unda tanishib qo`yaylik, oddiy leytenant Amitabx Jumong.

Bir fermer otaxonning oq va qora mollari borakan. U otaxondan jurnalistlar intervyu olgani kelishipti.
— Otaxon bu mollaringiz bir kunda qancha suv ichishadi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 2 paqir suv ichadi kuniga...
— Qorasichi???
— Uyam...
— Otaxon bu mollariz kuniga qancha xashak yeydi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 4 tog`oradan xashak yeydi..
— Qorasichi?
— Uyam...
— Otaxon bu mollariz kuniga qancha sut beradi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 15 litrdan sut beradi bolam...
— Qorasichi???
— Uyam...
— Ey, otaxon odamni ezvordingiz. Savol bersak, oqimi qorasimi deysiz, oqi desak, mana buncha deysiz qorasichi desak uyam deysiz. Bu nimasi?
— Ey bolam oqi uzimnikida.
— Ha tushunarli qorasichi, desa...
— Uyam.... dermish

— Yosh mutaxassis bilan tajribali mutaxassisning qanday farqi bor?
— Yosh mutaxassis ishlashni bilmaydi, tajribalisi esa ishlamaslikni biladi.

Podsho Afandiga bir eshakni mulla qilib berasan, deb topshirdi. Afandi o`n yil muddat bilan xizmat haqiga ming tilla so`radi. Podsho Afandining taklifiga ko`ndi va shunday shart qo`ydi:
— Aytgan muhlatingda eshakni mulla qilib bermasang boshingni olaman! Afandi ham shartga rozi bo`ldi va ming tilla bilan eshakni olib uyiga jo`nadi. Afandi voqeani xotiniga aytib bergan edi, u juda qo`rkib ketdi.
— Voy, sho`rim qursin, eshak ham mulla bo`ladimi?
— Ey, xotin! — taskin bera boshladi, Afandi,— nimaga qo`rqasan, o`n yilgacha kim boru kim yo`q, yo Podsho o`ladi, yo eshak.

Podsho bir marosimda atoqli odamlarga to`n kiygizdi va Afandini masxara qilish uchun unga eshakning to`qimini berdi. A’yonlar qatori Afandi ham podshoni duo qilib, minnatdorchilik bildirdi, so`ng bunday dedi:
— Sizlarga shohim odamlar kiyadigan to`n berdilar, menga esa, shohona lutf-karamlar qilib, o`z kiyimlarini yechib berdilar.

Shahar hokimi ovqatdan boshqa narsani sira o`ylamas edi. Bir kuni u shaharning ko`zga ko`ringan odamlarini chaqirib, ulardan bilgan ovqatlarining nomini yozib berishini talab qildi.
Ular orasida Afandi ham bor edi. U hokimdan ertalabgacha muhlat olib ketdida, nonushtada kelib hokimga arz qildi:
— Asal bilan sarimsoq piyoz qo`shib qovurilsa, ajoyib ovqat bo`ladi.
Hokim darhol oshpaziga o`shanday ovqat tayyorlashni buyurdi.
Ovqat keltirilgach hokim bir qoshiq yedi-da, Afandiga qarab qichqirdi:
— O`zing topgan ovqatingni o`zing ye, ahmoq! Afandi noiloj yeya boshlagan edi, hokim so`radi:
— Qalay, ajoyib lazzatli ovqat ekanmi?!
— Taqsir, men buni faqat o`ylab ko`rgan edim, xolos. Biror marta bunday ovqat qilib yegan emasman. Endi bilsam, xayol haqiqatga to`g`ri kelmas ekan,— javob berdi Afandi.

Afandi bir qurumsoq boyda qarollik qilar edi. Bir kuni boy mehmonga ketayetib, Afandiga qiladigan ishlarni tayinladi:
— Qo`y, sigir, tovuqlarga yaxshi qara! Tovuqlarning boshi yerdan, mol, qo`ylarning boshi oxurdan uzilmasin! Hovli sahnini tozalab, yog` tushsa yalagudek qilib qo`y!
Xo`jayin ketgach, Afandi tovuqlarni parvarish qila boshladi, har qancha don bersa ham tovuqlar uni yeb bo`lib, darhol boshini yerdan ko`tarar edilar. Achchig`langan Afandi tovuqlarni tutib hammasining boshini uzib, yerga tashladi «mana, endi yerdan ko`tarilmaydigan bo`ldi» dedi o`z-o`ziga. U molxonaga kirib, qo`y, mollarni parvarish qila boshladi. Ammo ular ham yem-xashakni yeb bo`lib, boshlarini oxurdan ko`tarishar edilar. Afandi hayvonlarning ham boshini kesib, oxurga tashladi va «endi, oxurdan ko`tarilmaydigan bo`ldi», dedi o`zicha. Bu ishlardan bo`shagach, hovlini supurdi-da, boyning xumdagi yog`ini eritib yerga sepdi. Ishlarni saranjomlagach, endi dam olishga o`tirgan ediki, boy qaytib keldi, ahvolni ko`rib baqirdi:
— Bu nima qilganing, haromzoda!
— Xo`jayin, topshiriqlaringizni jonu dil bilan bajardim, mana, mollarning boshini oxurdan, tovuqlarning boshini yerdan uzilmaydigan qilib qo`ydim. Hovlingizni shunday tozaladimki, ishonmasangiz, mana yog` ham sepdim, yalab ko`ringchi,— dedi Afandi