Latifa matni:
Ikkta jinni film tomosha qilib o`tiribdi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Garov o`ynaymizmi, yigit ko`prikdan o`zini suvga tashlaydi!
— Tashlamaydi. Garov o`ynashdi. Yigit rostdan ham ko`prikdan o`zini suvga tashladi. Yutqazgan jinni cho`ntagidan pul chiqarib sherigiga uzatdi.
— Kerakmas, bu filmni ilgariyam ko`rganman, desa. Sherigi:
— Men ham ko`rganman. Lekin ikkinchi marta ham o`zini suvga tashlaydi, deb o`ylamagandim, - dermish.