Shifokor qabulida
Mashinadagi e`lon:
Asabni saqlang! Barcha kasalliklar asabdan kelib chiqadi. Yo`l kira oshgan.

Psixiatr kabineti eshigi yonida ikki bemor uchrashib qoldi. Biri ikkinchisidan so`radi:
— Siz qachon keldingiz? Yo ketyapsizmi?
— Eh, shuni bilganimda bu yerda turmasdim.

Vrach qabuliga kelgan ikki qariya suhbatidan:
— Vrachlarning yozib bergan dorisiga sira tushunib bo`lmaydi.
— Bu yaxshi-ku!
— Nimasi yaxshi?
— Masalan, men vrach yozib bergan dori qog`ozi bilan bir yil avtobusda bepul yurdim, yarim yil bepul teatr tomosha qildim.

Bemor yotgan palataga kirgan vrach, unga qarab:
— Siz o`lim to`shagida yotibsiz... - desa, bemor sakrab o`rnidan turib:
— Darrov to`shagimni almashtiringlar, - dermish.

Tobim qochsa ham, kasalxonaga yota olmayman. Hayolimda kasalxonaga yotsam, palataga xotinim kirib keladi-yu, tepamda turib, — "Ataylab, ishlamaslik uchun yotib oldingizmi bu yerga!?", - deb javray boshlaydi, yana...
Teatrda katta premera ketyapti. Sahnada aktyorlar rol ijro etishyapti. To`satdan tomoshabinlar orasida mast odamning ovozi:
— Zalda vrach bormi? Bormi vrach orangizda?
Hamma o`rnidan turib, zalda vahimali shovqin boshlanib ketibdi. Aktyorlar ham to`xtab qolishibdi.
Shu payt oldingi qatordan bir odam:
— Ha, men vrachman. Nima gap? - desa, shirakayf ovozda haligi mast kishi:
— Zo`r spektakl ekan-a, hamkasb!? - dermish.

Bir yigit shifokor oldiga kelibdi. Shifokor:
— Xo`sh, shikoyatingiz?
— Hech nima...
— Biror joyingiz og`riyaptimi?
— Yo`q!
— Unda nima maqsadda keldingiz?
— Shunchaki o`zim...
— Tushunishimcha sog`lig`ingiz to`g`risida bilmoqchisiz?
— Yo`g`e-e-e! Ertalab televizorni qo`ysam, profilaktika deb yozilgan ekan, shunga aylanib kelgandim...

Sevgi bu yuqumli kasallik bo`lib, u odatda gap otishdan, telefon va sms orqali yuqadi. Kasallik alomatlari: kechasi uxlamaslik, tez-tez paynetga borish. Bu kasallik oqibatida bosh og`riydi, yurak siqiladi, undan so`ng asta-sekin pastga tushib, cho`ntakni quritib chiqib ketadi.
Bir odamni yong`in paytida ikkita qulog`i ham yonib ketibdi. O`ylab-o`ylab, oxiri boshqa quloq qo`ydiradigan bo`libdi. Unga operatsiya qilib boshqa quloq o`rnatishibdi. Hammasi yaxshi chiqibdi. Kunlardan bir kun u doktorga qo`ng`iroq qilibdi:
— Doktor, nima menga ayollar qulog`ini o`rnatdingizmi? - debdi.
— Nima qildi biror muammo bormi? Mana yaxshigina eshityapsiz, - desa,
— Eshitganda yaxshigina eshitaman. Lekin hech nimani eslab qola olmayman. Bittasidan kirib, ikkinchisidan chiqib ketyaptida, - dermish.

Bir kuni jinnixonaga tekshiruvchi kelib, birinchi qorovulni oldiga boribdi:
— Siz bu yerda nima ish qilasiz? - desa,
— Men Messiman, - deb javob beribdi.
Tekshiruvchi palataga kirib jinniga ham shu savolni beribdi.
— Men Messiman, - deb javob beribdi jinni.
Tekshiruvchi asabiylashib bosh vrachni yoniga kirib vaziyatni gapirib bersa:
— Ular gapiraveradi-da, aslida men Messiman, - dermish boshliq.