Latifa matni:
Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
— Choy damla, bor, — derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
— Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o`xshab adabiyot, musiqa haqida gaplashamiz, — debdi.
Bu gap erini o`yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga:
— Jonim "Otello"ni o`qiganmisan?
— Yo`q.
— Oxunjon Madaliyevni qo`shiqlarini eshitganmisan?
— Kim u?
— Muhammad Yusufni birorta she’rini yodlaganmisan?
— Yo`q, yodlamaganman.
— Chaykovskiyni biror bir simfoniyasini eshitganmisan?
— Yo`q, eshitmaganman.
— Tur, unda choy damla...