Bo`limlar
Latifalar
Avtobusda bir qari kampir sochlarini o`stirib olgan o`smir yigitga qarab:
— Qizim, mana shu pulni haydovchiga uzatib yuborgin.
— Men qiz bola emasman!
— Voy, maqtanishga topgan narsangni qara...

Har yili birinchi avgust kuniga qadar aroq bilan pivoni aralashtirib yurgan abituriyentlar, birinchi avgustda test varaqlari orasiga shpargalkalarni aralashtirib o`tirishadi.
Er xotiniga debdi:
— Xotin, ishdan kelganimda do`ppim peshonamda turgan bo`lsa, demak kayfiyatim yaxshi. Istagan narsangni so`rashing mumkin. Agar do`ppim boshimni tepasida bo`lsa, kayfiyatim yomon. Yaxshisi myenga yaqinlashma!
Xotini eriga qarab turib:
— Dadasi, uyga kelganingizda meni qo`llarim belimda bo`lsa, kayfiyatim chatoq. Sizni do`ppingiz qayerda ekanini farqi yo`q menga, - degan ekan.

Ikki o`rtoq ta’qiqlangan joyda baliq tutib o`tirsa, tekshiruvchilar kelib:
— Ov qilishga ruxsatnomangiz bormi? - desa, bittasi o`rnidan turib, qocha boshlabdi. Tekshiruvchi uni quvlab, yetib olibdi-da:
— Nega qochasan? Hujjating yo`q-mi? - degan ekan, u yigit ham, — Meni hujjatlarim joyida. Do`stimni ruxsatnomasi yo`q edi-da, - dermish.

Afandi yog` olish uchun kosa ko`tarib bozorga boribdi. Yog`furushdan bir tangalik yog` so`rabdi. Yog`furush bir tangalik yog`ni kosaga quygan ekan, kosa to`lib, ozginasi ortib qolibdi.
— Qolganini nima qilamiz? - so`rabdi yog`furush.
— Orqasiga quy, - deb afandi kosani ag`dargan ekan, ichidagi yog` to`kilib ketibdi. Afandi ham ozginagina yog`ni ko`tarib, uyiga kelibdi. Yog`ni ko`rgan xotini qichqiribdi:
— Shu yog`ni oldingiz xolosmi?
Afandi bo`lsa:
— Ey nodon, ko`p qichqirma! Bu yog`ida ham bor, - debdi-da, kosani ag`dargan ekan, qolgan yog` ham to`kilib ketibdi.

— Azizim, menga uzuk olib bering.
— Uzukka pulim yo`q!
— Unday bo`lsa, ko`ylak obering.
— Ko`ylakka ham yo`q pul...
— Og`zimni yopish uchun hech bo`lmasa saqich olib berarsiz?!

Qarg`a tumshug`ida pishloq tishlab, daraxtda o`tirgan ekan. Bir payt daraxt tagiga ayyor tulki kelibdi-da, qo`lidagi gazetani varoqlab o`qiy boshlabdi:
— O`rmonimizdagi hayot kundan-kunga yaxshilanmoqda. Tez orada har bir daraxt shohlarida pishloqlar pishib turadi...
Qarg`a esa buni eshitib, tulkining ustidan — "xa-xa-xa", - deb kulgan ekan, og`zidagi pishloq to`ppa-to`g`ri tulkining qo`liga kelib tushibdi.
Shunda tulki pishloqni og`ziga solib, daraxt tepasidagi qarg`aga:
— Gazetadagi xabarlar ustidan kulish yaxshi emas, - degan ekan.

Bir afg`on yigit xotinining orqasidan yurib ketayotgan ekan, uni ko`rgan boshqa yo`lovchi shunday debdi:
— Ota-bobolarimiz xotinning orqasidan emas, oldidan yurishgan.
Yigit esa:
— Ota-bobolarimiz davrida mina bo`lmagan-da, - degan ekan.

Afandi bozorga eshagini olib borib, dallolga berdi. Bir xaridor uning tishini ko`rmoqchi bo`lgan edi, eshak xaridorning qo`lini tishlab olibdi. Xaridor qo`lini ushlaganicha ketvaribdi. Oradan bir oz vaqt o`tgach, ikkinchi xaridor kelib, u ham eshakni silab ko`rmoqchi bo`lgan edi, eshak uni tepib yubordi. Bu xaridor ham oqsoqlanib ketib qolibdi. Dallol Afandining oldiga kelib g`azab bilan:
— Eshagingizning fe’li yomon ekan. Oldidan kelganni tishlaydi, orqasidan kelganni tepadi. Bu eshakni birov tekinga ham olmaydi, - desa,
— Eshakni men bu yerga sotgani olib kelganim yo`q, - dedi afandi, — uning menga ko`rsatgan azobini boshqalar ham tatib ko`rsin, - deb olib kelgan edim.

Xasis er xotiniga dedi:
— Xotin, bilasanmi?, gazetada yozishicha, bir martta yurakdan kulish, to`rtta tuxumning quvvatini berarkan. Har kuni qozon osavermay, bolalarni kuldirib ham turish kerak!