Afandi yog` olish
Latifa matni:
Afandi yog` olish uchun kosa ko`tarib bozorga boribdi. Yog`furushdan bir tangalik yog` so`rabdi. Yog`furush bir tangalik yog`ni kosaga quygan ekan, kosa to`lib, ozginasi ortib qolibdi.
— Qolganini nima qilamiz? - so`rabdi yog`furush.
— Orqasiga quy, - deb afandi kosani ag`dargan ekan, ichidagi yog` to`kilib ketibdi. Afandi ham ozginagina yog`ni ko`tarib, uyiga kelibdi. Yog`ni ko`rgan xotini qichqiribdi:
— Shu yog`ni oldingiz xolosmi?
Afandi bo`lsa:
— Ey nodon, ko`p qichqirma! Bu yog`ida ham bor, - debdi-da, kosani ag`dargan ekan, qolgan yog` ham to`kilib ketibdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi yog` olish uchun kosa ko`tarib bozorga boribdi. Yog`furushdan bir tangalik yog` so`rabdi. Yog`furush bir tangalik yog`ni kosaga quygan ekan, kosa to`lib, ozginasi ortib qolibdi.