Bo`limlar
Latifalar
Mast odam beshinchi etajdan pastga yiqilib tushibdi. Atrofini odamlar o`rab olib:
— Nima gap?, nima gap?, - deyishsa, yiqilgan odam asta o`rnidan turib:
— Men qayerdan bilaman nima gapligini?! Hozirgina tushgan bo`lsam, - dermish.

Ayollar hammomiga o`t tushibdi. O`t o`chiruvchilar kelishsa, hammomni oldida bir kishi qotib-qotib kular, o`t o`chiruvchilarga qarab hadeb, — Kech qoldinglar, kech qoldinglar, - dermish.
— Nega kech qolarkanmiz? Hammom hali yonib tugamadiku, - deyishsa
Haligi kishi:
— Hammom yonib tugamadi-yu, yalang`och xotinlar tum-taraqay bo`lib qochib bo`lishdi, - dermish.

Yoshgina yigit ko`chadagi kafeda ovqatlanib o`tirsa, yoniga shirakayf daydi kelib:
— Ukam. Ovqatingdan mengayam qoldirgin, - debdi. Haligi yigit bo`lsa:
— Manavi kabobdanmi? Ha, manavi oshdanmi?, - deb hamma narsani yeyaveribdi.
— Mayli, nimadan bo`lsa ham, - debdi shirakayf kishi.
Yigit esa katta-katta yeyishda davom etib:
— Osh, kaboblarni ta’mini ko`rmoqchimisiz, - deb, oxiri ovqatlarini tugatgach, — Ovqatni mazasini ko`rish uchun ishlash kerak, - degan ekan.

Samolyotda nosozlik chiqib, qulay boshlabdi. Uchuvchi yo`lovchilarga:
— To`rtta odam hoziroq samolyotni tark etishi kerak. Aks holda hammamiz yerga qulaymiz, - deb e’lon qilibdi.
Yo`lovchilar orasidan fransuz chiqib:
— Menga vino beringlar, - deb vinoni ichibdi-da, — Yashasin Fransiya!, - deb samolyotdan sakrab qolibdi.
Undan keyin amerikalik chiqibdi:
— Menga viski beringlar, - deb qadahni ko`taribdi-yu, — Yashasin Amerika!, - deb u ham sakrab yuboribdi.
Uchinchi bo`lib rus chiqibdi:
— Bir shisha aroq beringlar, - debdi. Aroqni ichib, yana bir shisha so`rabdi. Uchinchi shishani ham ichib bo`lib:
— Yashasin Afrika!, - deb samolyotdan ikkita negrni otib yuboribdi.

Ikki ovchi o`rmondan chiqib kelayotishsa, ulardan bittasi to`satdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko`zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol “tez yordam”ga qo`ng`iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go`shakni tutganicha qichqiribdi:
— Do`stim o`lib qoldi! Nima qilay?
Narigi tarafda operator javob beribdi:
— O`zingizni bosing! Sizga yordam beramiz! Avval ayting-chi, do`stingiz rostdan ham o`lib bo`ldimi?
Bir necha soniya jimlikdan so`ng ov miltig`ining gumburlagan ovozi eshitilibdi. So`ng ovchi operatorga:
— O`lganligi aniq. Tekshirdim. Xo`sh, endi nima qilay?

Kechagina uylangan yigitning xursandchiligi ichiga sig`may, tog`larga chiqib baqira boshlabdi:
— Men baxtliman!
— Men baxtliman!, - degan sado qaytibdi.
— Men uylandim, - deb baqiribdi yana yigit.
Tog`lardan esa:
— Battar bo`l!, - degan sado qaytgan ekan.

Bir kuni shifoxonada bemor uxlab yotsa, vrach uni uyg`otib:
— Uyg`oning! Uyqu dori ichadigan vaqtingiz bo`ldi, - degan ekan.

Bir odamga bank kredit berishni rad etibdi. Qanday qilib qasd olishini uzoq o`ylab, oxiri shu bankdan shaxsiy yacheyka olibdi. Unga ikki kilogramm baliq olib kelib qo`yibdi-da, yacheykaga faqat o`zi biladigan kod raqamini o`rnatib ketibdi.
Bir kuni afandi o`zbek, rus va qozoqga bittadan avtomobil olib kelishlarini aytibdi. O`zbek velosiped, rus Malibu haydab kelibdi. Qozoqdan esa darak yo`q emish. Shunda afandi:
— Endi har kim olib kelgan narsasini ko`tarsin, - debdi.
O`zbek velosipedni darrov ko`taribdi. Rus esa bir kulib, bir yig`larmish.
Afandi rusdan nega kulib, yig`layotganini so`rabdi.
Shunda rus afandiga:
— Yig`lashimni sababi, Malibuni ko`tara olmayapman. Kulishimni sababi esa, anavi yerda qozoq tank haydab kelyapti, - dermish.

Reklama yozuvlarini tayyorlovchi firmadan maxsus sovg`a.
Noshud tadbirkorlar diqqatiga: "Biz ochildik" yozuviga qo`shimcha tarzda "Ijaraga beriladi" va "Sotiladi" yozuvlari bepul taqdim etilmoqda.