Qarg`a tumshug`ida
Latifa matni:
Qarg`a tumshug`ida pishloq tishlab, daraxtda o`tirgan ekan. Bir payt daraxt tagiga ayyor tulki kelibdi-da, qo`lidagi gazetani varoqlab o`qiy boshlabdi:
— O`rmonimizdagi hayot kundan-kunga yaxshilanmoqda. Tez orada har bir daraxt shohlarida pishloqlar pishib turadi...
Qarg`a esa buni eshitib, tulkining ustidan — "xa-xa-xa", - deb kulgan ekan, og`zidagi pishloq to`ppa-to`g`ri tulkining qo`liga kelib tushibdi.
Shunda tulki pishloqni og`ziga solib, daraxt tepasidagi qarg`aga:
— Gazetadagi xabarlar ustidan kulish yaxshi emas, - degan ekan.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Qarg`a tumshug`ida pishloq tishlab, daraxtda o`tirgan ekan. Bir payt daraxt tagiga ayyor tulki kelibdi-da, qo`lidagi gazetani varoqlab o`qiy boshlabdi: