Latifa matni:
Er xotiniga debdi:
— Xotin, ishdan kelganimda do`ppim peshonamda turgan bo`lsa, demak kayfiyatim yaxshi. Istagan narsangni so`rashing mumkin. Agar do`ppim boshimni tepasida bo`lsa, kayfiyatim yomon. Yaxshisi myenga yaqinlashma!
Xotini eriga qarab turib:
— Dadasi, uyga kelganingizda meni qo`llarim belimda bo`lsa, kayfiyatim chatoq. Sizni do`ppingiz qayerda ekanini farqi yo`q menga, - degan ekan.