Afandi bozorga eshagini
Latifa matni:
Afandi bozorga eshagini olib borib, dallolga berdi. Bir xaridor uning tishini ko`rmoqchi bo`lgan edi, eshak xaridorning qo`lini tishlab olibdi. Xaridor qo`lini ushlaganicha ketvaribdi. Oradan bir oz vaqt o`tgach, ikkinchi xaridor kelib, u ham eshakni silab ko`rmoqchi bo`lgan edi, eshak uni tepib yubordi. Bu xaridor ham oqsoqlanib ketib qolibdi. Dallol Afandining oldiga kelib g`azab bilan:
— Eshagingizning fe’li yomon ekan. Oldidan kelganni tishlaydi, orqasidan kelganni tepadi. Bu eshakni birov tekinga ham olmaydi, - desa,
— Eshakni men bu yerga sotgani olib kelganim yo`q, - dedi afandi, — uning menga ko`rsatgan azobini boshqalar ham tatib ko`rsin, - deb olib kelgan edim.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi bozorga eshagini olib borib, dallolga berdi. Bir xaridor uning tishini ko`rmoqchi bo`lgan edi, eshak xaridorning qo`lini tishlab olibdi. Xaridor qo`lini ushlaganicha ketvaribdi. Oradan bir oz vaqt o`tgach, ikkinchi xaridor kelib, u ham eshakni silab ko`rmoqchi bo`lgan edi, eshak uni tepib yubordi. Bu xaridor ham oqsoqlanib ketib qolibdi. Dallol Afandining oldiga kelib g`azab bilan: