Bo`limlar
Latifalar
Qizalog`ini bog`chaga kiyintirayotgan otasi:
— Qizim, bo`ying yetib, turmushga chiqay deb turibsan-u, haliyam shimingni kiyishni bilmaysan!, - desa,
Qizi hafa bo`lib:
— Hamma qizlar to`yda kelin ko`ylak kiysa, myen shim kiyamanmi?, - debdi.

Yarim tunda bir ayolning telefoni jiringlabdi:
— Allo, kim bu?
Go`shakdan mast erkakning ovozi kelibdi:
— Hozir men telefonda gapiryapmanmi?
Ayol asabiylashib:
— Yo`q, televizorda gapiryapsan!
— Voy, jonli efirga kiyimsiz chiqdimmi?!

Baqalok otadan kichkintoy o`g`li so`rayapti:
— Dada, sizdayam "press" bormi?
Ota:
— Press yosh bolalarda bo`ladi. Kattalarda qorin bo`ladi, - debdi.

Bir odam byurokrat boshliqning huzuriga kirib:
— Ertaga keling degandingiz, mana keldim, - debdi.
— Hmm... Shunday deganmidim?
— Ha, shunday degansiz.
— Yaxshi! Unday bo`lsa ertaga keling-da! Nega bugun keldingiz?

Hokimyatga ushbu mazmunda shikoyat arizasi tushibdi:
"Meni kvartiramni ro`parasida ayollar hammomi joylashgan. U yerdagi hamma narsalar menga ko`rinib turadi. Bu mening ahloqim, etikamga ma’naviy va jismoniy ta’sir ko`rsatyapti. Shuning uchun meni kvartiramni almashtirib berishingizni so`rayman".
Bu masalani ko`rib chiqish uchun kommissiya a’zolari uyga kelib, tekshira boshlabdi.
— Otaxon, nega yolg`on gapirasiz? Axir hech narsa ko`rinmayapti-ku!, - debdi tekshiruvchilar.
— Shunaqami? Sen shkafni ustiga chiqib qara-chi?, - debdi.
Kommissiya a’zolaridan biri shkafni ustiga chiqib qaray boshlabdi.
— Yo`q. Baribir hech narsa ko`rinmayapti!
— Sen chaproqqa surilgin. Yana..., yana-yam..., yana ozgina...
Shkaf ustidagi odam "gurs" etib yiqilibdi.
Boboy bo`lsa:
— Ana ko`rdingmi o`g`lim?! Har kuni shu ahvol.., - dermish.

Bir jinni qo`liga ko`zgu olib, sherigiga dedi:
— Qara manavi odam menga o`xsharkan.
Ikkinchi jinni ham ko`zguni sherigining qo`lidan olibdi-da:
— Ahmoq! Axir bu menmanku!, - degan ekan.

Bir xo`jayinning haydovchisi ziyofatlarga borsa, mast bo`lib qolarkan. Ziyofatdan qaytishda mashinani xo`jayinni o`zi haydab ketar ekan.
Bir kuni haydovchi xo`jayiniga maslahatli ishi bor ekanini aytibdi.
Xo`jayin:
— Nima gap, - deb so`rasa:
— Xo`jayin, ikkovimizga bitta shofyor olsak, qanday bo`larkin?!, - dermish.

Samolyotni havodagi parvozi vaqtida bortda janjal ko`tarilibdi. Uchuvchi nima gapligini so`rabdi. Shunda styuardessa:
— Ikkita jinni passajirimiz eshikni ochishimizni aytyapti. Tushib qolmoqchi ekan, - desa, uchuvchi styuardessaga:
— Ochmanglar! O`tgan safar ochganimizda ikkitasi tushamiz deb, sakkiztasi chiqib olgandi, - dermish.

Yigit do`stiga:
— Ikki ming pul qarz berib tur!
Do`sti cho`ntagini kavlab:
— Faqat bir yarim ming pulim bor.
— Mayli beraver! Besh yuz qarz bo`lasan shunda...

Uyga erta tongda qaytgan eriga xotini dedi:
— Uyga nega tong saharda qaytdingiz?!
Eri esa hech ikkilanmay:
— Bunday paytda boradigan boshqa joy bo`lmasa nima qilishim kerak?! - dermish.