Ichak uzdi
Qari chol aerodromga kelib uchuvchiga:
— Iltimos, meni kampirim bilan samolyotingda uchirib kelgin.
— Buni iloji yo`q!
— Yo`q dema bolam. Shu yoshga kirib, hali biror marta-yam osmonda uchmaganmiz. Samolyotga chiqish orzuimiz bor!
Uchuvchi rozi bo`lib, chol va kampirni samolyotga chiqaribdi-da debdi:
— Faqat bitta shartim bor otaxon, agar baqirsangiz shu zahoti yerga qaytamiz.
— Xo`p, baqirmayman, - debdi chol.
Samolyot havoga ko`tarilibdi. Uchuvchi bor mahoratini ko`rsatib, eng yuqori balandlikka chiqibdi. Tepaga , so`ng zudlik bilan pastga sho`ng`ibdi, bir tomonga qayrilib uchibdi. Samolyotni charxpalak singari aylantirib tashlasa ham, chol-kampir indamasmish.
Yerga qo`ngach, uchuvchi cholga qarab:
— Ha otaxon, qo`rqmadingizmi? Rostini ayting, baqirib yuboray dedingizmi?, - desa, chol:
— To`g`risini aytganda, kampirim samolyotingdan tushib ketganda sal baqirib yuboray dedim bolam, - degan ekan.

Kechasi xilvat ko`chada:
— Kechirasiz og`ayni, chekishdan topilmaydimi?, - debdi mast bir kishi o`tib ketayotgan yigitga.
— Men chekmayman. Uch kundan beri aytyapman, men sportchiman. Sigaret yo`q menda!
— Iye, tanimabman qarang! Boy bo`larkansiz...

Bir yigit do`stiga:
— Qayerdasan? Qachon kelasan?
— Bo`ldi, mana yetib keldim. Uyingni yonginasidaman...
— Yolg`onchi, sen uy telefoningda gaplashib turibsan-ku!

— Azizim, tushimda menga tilla uzuk sovg`a qilganmushsiz...
— Aytganlarimni qilib, yaxshi bo`lib yursang, yaqinda tilla bilakuzuk ham sovg`a qilaman, tushingda!

Bir yigit daryo bo`yiga cho`milishga kelibdi. Qarasa, yon-atrofda hech kim yo`q. Yalong`och bo`lib cho`milmoqchi bo`libdi-da, kiyimlarini qirg`oqqa yechib, suvga sho`ng`ibdi. Qaytib chiqib qarasa, qirg`oqda kiyimlarini oldida bir qiz o`tirganmish. Yigit nima qilishini bilmay, suv ichida suzib yuraveribdi-yuraveribdi. Muzlab qolay degan yigit oxiri daryo tubidan eski bir tog`orani topib chiqibdi. Tog`ora bilan o`zini biroz berkitib, pana qilibdi-yu, qizning yoniga boribdi:
— Yaxshi qiz nima o`qiyapsiz?
— Kitob!
— Qanday kitob ekan?
— Mantiq!
— Mantiq nima o`zi?
— Mantiqiy fikrlash to`g`risidagi fan mantiq deyiladi. Odamni nima haqida o`ylayotganini osongina topish mumkin.
— Unaqada ayting-chi, hozir men nimani uylayapman.
— Siz qo`lingizdagi manavi tog`orani tagi butun deb o`ylayapsiz, yaxshi yigit!

Go`sht bozorida sotuvchi yoniga xaridor kelib so`rabdi:
— Nimani go`shti? Nima bilan bilan boqilgan?
— Mol go`shti. Pokiza, halol go`sht, oling! Non, saryog`, qaymoqlar bilan boqqanman.
Xaridor hujjatini ko`rsatib debdi:
— Men tekshiruvchiman. Oziq-ovqatni shu yo`l bilan isrof qilyapsizmi?...
Sotuvchi qo`rqqanidan, unga besh kilogramm bepul go`sht berib yuboribdi.
Birozdan so`ng boshqa xaridor kelibdi.
— Go`sht qanchadan?, - so`rabdi sotuvchiga qarab.
— O`ttiz mingdan. Mol go`shti. Chiqindilar, axlatdan topilgan yemishlar bilan boqilgan.
Bu xaridor ham sanitariya tekshiruvidan ekanini aytib, jarimaga tortmoqchi bo`libdi. Sotuvchi unga ham talaygina go`sht berib, zo`rg`a qutulib qolibdi.
Uchinchi xaridor rasta yoniga kelib go`sht tanlay boshlabdi:
— Go`shting tozzami? Nimalar berib boqgansan?
Sotuvchi bu safar ham “tushib” qolishidan qo`rqib:
— Bilmayman nima yeganini. Qo`liga pul berardim, ko`chaga chiqib ovqatlanib kelardi, - dermish.

Avtobusda bir qari kampir sochlarini o`stirib olgan o`smir yigitga qarab:
— Qizim, mana shu pulni haydovchiga uzatib yuborgin.
— Men qiz bola emasman!
— Voy, maqtanishga topgan narsangni qara...

Har yili birinchi avgust kuniga qadar aroq bilan pivoni aralashtirib yurgan abituriyentlar, birinchi avgustda test varaqlari orasiga shpargalkalarni aralashtirib o`tirishadi.
Er xotiniga debdi:
— Xotin, ishdan kelganimda do`ppim peshonamda turgan bo`lsa, demak kayfiyatim yaxshi. Istagan narsangni so`rashing mumkin. Agar do`ppim boshimni tepasida bo`lsa, kayfiyatim yomon. Yaxshisi myenga yaqinlashma!
Xotini eriga qarab turib:
— Dadasi, uyga kelganingizda meni qo`llarim belimda bo`lsa, kayfiyatim chatoq. Sizni do`ppingiz qayerda ekanini farqi yo`q menga, - degan ekan.

Ikki o`rtoq ta’qiqlangan joyda baliq tutib o`tirsa, tekshiruvchilar kelib:
— Ov qilishga ruxsatnomangiz bormi? - desa, bittasi o`rnidan turib, qocha boshlabdi. Tekshiruvchi uni quvlab, yetib olibdi-da:
— Nega qochasan? Hujjating yo`q-mi? - degan ekan, u yigit ham, — Meni hujjatlarim joyida. Do`stimni ruxsatnomasi yo`q edi-da, - dermish.