Ichak uzdi
— Azizim, menga uzuk olib bering.
— Uzukka pulim yo`q!
— Unday bo`lsa, ko`ylak obering.
— Ko`ylakka ham yo`q pul...
— Og`zimni yopish uchun hech bo`lmasa saqich olib berarsiz?!

Qarg`a tumshug`ida pishloq tishlab, daraxtda o`tirgan ekan. Bir payt daraxt tagiga ayyor tulki kelibdi-da, qo`lidagi gazetani varoqlab o`qiy boshlabdi:
— O`rmonimizdagi hayot kundan-kunga yaxshilanmoqda. Tez orada har bir daraxt shohlarida pishloqlar pishib turadi...
Qarg`a esa buni eshitib, tulkining ustidan — "xa-xa-xa", - deb kulgan ekan, og`zidagi pishloq to`ppa-to`g`ri tulkining qo`liga kelib tushibdi.
Shunda tulki pishloqni og`ziga solib, daraxt tepasidagi qarg`aga:
— Gazetadagi xabarlar ustidan kulish yaxshi emas, - degan ekan.

Bir afg`on yigit xotinining orqasidan yurib ketayotgan ekan, uni ko`rgan boshqa yo`lovchi shunday debdi:
— Ota-bobolarimiz xotinning orqasidan emas, oldidan yurishgan.
Yigit esa:
— Ota-bobolarimiz davrida mina bo`lmagan-da, - degan ekan.

Xasis er xotiniga dedi:
— Xotin, bilasanmi?, gazetada yozishicha, bir martta yurakdan kulish, to`rtta tuxumning quvvatini berarkan. Har kuni qozon osavermay, bolalarni kuldirib ham turish kerak!

Qizalog`ini bog`chaga kiyintirayotgan otasi:
— Qizim, bo`ying yetib, turmushga chiqay deb turibsan-u, haliyam shimingni kiyishni bilmaysan!, - desa,
Qizi hafa bo`lib:
— Hamma qizlar to`yda kelin ko`ylak kiysa, myen shim kiyamanmi?, - debdi.

Yarim tunda bir ayolning telefoni jiringlabdi:
— Allo, kim bu?
Go`shakdan mast erkakning ovozi kelibdi:
— Hozir men telefonda gapiryapmanmi?
Ayol asabiylashib:
— Yo`q, televizorda gapiryapsan!
— Voy, jonli efirga kiyimsiz chiqdimmi?!

Baqalok otadan kichkintoy o`g`li so`rayapti:
— Dada, sizdayam "press" bormi?
Ota:
— Press yosh bolalarda bo`ladi. Kattalarda qorin bo`ladi, - debdi.

Bir odam byurokrat boshliqning huzuriga kirib:
— Ertaga keling degandingiz, mana keldim, - debdi.
— Hmm... Shunday deganmidim?
— Ha, shunday degansiz.
— Yaxshi! Unday bo`lsa ertaga keling-da! Nega bugun keldingiz?

Hokimyatga ushbu mazmunda shikoyat arizasi tushibdi:
"Meni kvartiramni ro`parasida ayollar hammomi joylashgan. U yerdagi hamma narsalar menga ko`rinib turadi. Bu mening ahloqim, etikamga ma’naviy va jismoniy ta’sir ko`rsatyapti. Shuning uchun meni kvartiramni almashtirib berishingizni so`rayman".
Bu masalani ko`rib chiqish uchun kommissiya a’zolari uyga kelib, tekshira boshlabdi.
— Otaxon, nega yolg`on gapirasiz? Axir hech narsa ko`rinmayapti-ku!, - debdi tekshiruvchilar.
— Shunaqami? Sen shkafni ustiga chiqib qara-chi?, - debdi.
Kommissiya a’zolaridan biri shkafni ustiga chiqib qaray boshlabdi.
— Yo`q. Baribir hech narsa ko`rinmayapti!
— Sen chaproqqa surilgin. Yana..., yana-yam..., yana ozgina...
Shkaf ustidagi odam "gurs" etib yiqilibdi.
Boboy bo`lsa:
— Ana ko`rdingmi o`g`lim?! Har kuni shu ahvol.., - dermish.

Bir jinni qo`liga ko`zgu olib, sherigiga dedi:
— Qara manavi odam menga o`xsharkan.
Ikkinchi jinni ham ko`zguni sherigining qo`lidan olibdi-da:
— Ahmoq! Axir bu menmanku!, - degan ekan.