Bir yigit daryo bo`yiga
Latifa matni:
Bir yigit daryo bo`yiga cho`milishga kelibdi. Qarasa, yon-atrofda hech kim yo`q. Yalong`och bo`lib cho`milmoqchi bo`libdi-da, kiyimlarini qirg`oqqa yechib, suvga sho`ng`ibdi. Qaytib chiqib qarasa, qirg`oqda kiyimlarini oldida bir qiz o`tirganmish. Yigit nima qilishini bilmay, suv ichida suzib yuraveribdi-yuraveribdi. Muzlab qolay degan yigit oxiri daryo tubidan eski bir tog`orani topib chiqibdi. Tog`ora bilan o`zini biroz berkitib, pana qilibdi-yu, qizning yoniga boribdi:
— Yaxshi qiz nima o`qiyapsiz?
— Kitob!
— Qanday kitob ekan?
— Mantiq!
— Mantiq nima o`zi?
— Mantiqiy fikrlash to`g`risidagi fan mantiq deyiladi. Odamni nima haqida o`ylayotganini osongina topish mumkin.
— Unaqada ayting-chi, hozir men nimani uylayapman.
— Siz qo`lingizdagi manavi tog`orani tagi butun deb o`ylayapsiz, yaxshi yigit!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir yigit daryo bo`yiga cho`milishga kelibdi. Qarasa, yon-atrofda hech kim yo`q. Yalong`och bo`lib cho`milmoqchi bo`libdi-da, kiyimlarini qirg`oqqa yechib, suvga sho`ng`ibdi. Qaytib chiqib qarasa, qirg`oqda kiyimlarini oldida bir qiz o`tirganmish. Yigit nima qilishini bilmay, suv ichida suzib yuraveribdi-yuraveribdi. Muzlab qolay degan yigit oxiri daryo tubidan eski bir tog`orani topib chiqibdi. Tog`ora bilan o`zini biroz berkitib, pana qilibdi-yu, qizning yoniga boribdi:
— Yaxshi qiz nima o`qiyapsiz?
— Kitob!
— Qanday kitob ekan?
— Mantiq!
— Mantiq nima o`zi?
— Mantiqiy fikrlash to`g`risidagi fan mantiq deyiladi. Odamni nima haqida o`ylayotganini osongina topish mumkin.
— Unaqada ayting-chi, hozir men nimani uylayapman.
— Siz qo`lingizdagi manavi tog`orani tagi butun deb o`ylayapsiz, yaxshi yigit!