Qari chol aerodromga
Latifa matni:
Qari chol aerodromga kelib uchuvchiga:
— Iltimos, meni kampirim bilan samolyotingda uchirib kelgin.
— Buni iloji yo`q!
— Yo`q dema bolam. Shu yoshga kirib, hali biror marta-yam osmonda uchmaganmiz. Samolyotga chiqish orzuimiz bor!
Uchuvchi rozi bo`lib, chol va kampirni samolyotga chiqaribdi-da debdi:
— Faqat bitta shartim bor otaxon, agar baqirsangiz shu zahoti yerga qaytamiz.
— Xo`p, baqirmayman, - debdi chol.
Samolyot havoga ko`tarilibdi. Uchuvchi bor mahoratini ko`rsatib, eng yuqori balandlikka chiqibdi. Tepaga , so`ng zudlik bilan pastga sho`ng`ibdi, bir tomonga qayrilib uchibdi. Samolyotni charxpalak singari aylantirib tashlasa ham, chol-kampir indamasmish.
Yerga qo`ngach, uchuvchi cholga qarab:
— Ha otaxon, qo`rqmadingizmi? Rostini ayting, baqirib yuboray dedingizmi?, - desa, chol:
— To`g`risini aytganda, kampirim samolyotingdan tushib ketganda sal baqirib yuboray dedim bolam, - degan ekan.