Go`sht bozorida sotuvchi
Latifa matni:
Go`sht bozorida sotuvchi yoniga xaridor kelib so`rabdi:
— Nimani go`shti? Nima bilan bilan boqilgan?
— Mol go`shti. Pokiza, halol go`sht, oling! Non, saryog`, qaymoqlar bilan boqqanman.
Xaridor hujjatini ko`rsatib debdi:
— Men tekshiruvchiman. Oziq-ovqatni shu yo`l bilan isrof qilyapsizmi?...
Sotuvchi qo`rqqanidan, unga besh kilogramm bepul go`sht berib yuboribdi.
Birozdan so`ng boshqa xaridor kelibdi.
— Go`sht qanchadan?, - so`rabdi sotuvchiga qarab.
— O`ttiz mingdan. Mol go`shti. Chiqindilar, axlatdan topilgan yemishlar bilan boqilgan.
Bu xaridor ham sanitariya tekshiruvidan ekanini aytib, jarimaga tortmoqchi bo`libdi. Sotuvchi unga ham talaygina go`sht berib, zo`rg`a qutulib qolibdi.
Uchinchi xaridor rasta yoniga kelib go`sht tanlay boshlabdi:
— Go`shting tozzami? Nimalar berib boqgansan?
Sotuvchi bu safar ham “tushib” qolishidan qo`rqib:
— Bilmayman nima yeganini. Qo`liga pul berardim, ko`chaga chiqib ovqatlanib kelardi, - dermish.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Go`sht bozorida sotuvchi yoniga xaridor kelib so`rabdi: