Ichak uzdi
Bir kuni samolyotda uchayotgan odam hadeb, — Ey xudo, ishqilib samolyot qulab tushmasin, - deb nola qilaveribdi. Yonida o`tirgan yo`lovchilardan birining jahli chiqib, — nega hadeb ming`illayverasiz?! Men samolyotlarda ko`p uchganman, u ishonchli, hech narsa qilmaydi!, - debdi. Qo`rqayotgan yo`lovchi yana gapira boshlabdi:
— Do`stim, siz bilmaysiz! Velosipedga o`tirsam, pedali sinib ketadi. Taksiga o`tirsam, tormozi ishdan chiqadi. Avtobusni esa baloni teshilib qoladi, - debdi.
Shu payt salonga styuardessa kirib:
— Hurmatli yo`lovchilar! Samolyot tinch okeaniga qulamoqda. Hozir har biringizga xushtak tarqataman. Uni chalsangiz, sizga akula hujum qilmaydi, - debdi.
Boyagi yo`lovchi jon holatda:
— Ana ko`rdingizmi?! Hozir menga berilgan xushtak yo ishlamay qoladi, yoki akulaning quloqlari kar bo`ladi, - dermish.

Kunlarning birida Putin pokemonlarni ovlash uchun chiqmoqchi bo`libdi. Shu kuni Rossiya yo`llari shunaqangi tez ta’mirlanibdiki, hali bunaqasi davlat tarixida bo`lmagan ekan.
O`g`li otasiga debdi:
— Dada, men uylanmoqchiman!
Otasi:
— Avval kechirim so`ra.
— Nimaga?
— Sen avval kechirim so`rashing kerak!
— Lekin nima uchun kechirim so`rayman? Gunohim nima?
— Uzr so`ra!
— Nima qildim? Sababini ayting!
— Uzr so`ragin.
— Xo`p mayli, kechiring dada. Endi sababini aytarsiz?
— Ana endi uylansang bo`ladi. Hech qanday sababsiz uzr so`rashni o`rganib olding. Bu uylanganingda juda kerak bo`ladi.

— Dugonajon, men juda-yam sahiy yigit uchrashib yuribman.
— Nimasi sahiy?
— Menga har kuni juda ko`p gullar sovg`a qiladi. Ayniqsa, o`tgan hayitda sovg`a qilgan gullarini ko`pligini ko`rsangiz edi...
— Voy, zo`r-ku. U o`zi qayerda ishlaydi?
— Qorovul bo`lib ishlaydi.
— Bo`magan gap. Qorovul shuncha pul toparmidi?
— U qabristonda qorovul.

Starshina safdagi askarlarni oshxonaga olib ketmoqda.
— Bir, ikki! Bir, ikki! ...
Shu payt yosh bolakay kelib debdi:
— Amaki, men sanay qolay? O`ngacha sanashni bilaman!
— Bir, ikki! Bir, ikki! ...
Shu payt yosh bolakay kelib debdi:
— Amaki, men sanay qolay? O`ngacha sanashni bilaman!
Bo`linma shaxsiy tarkibi mashg`ulot o`tmoqda.
— Oddiy askar Aliyev!
— Men!
— Faraz qiling, postda turibsiz. Kimdir post tomon emaklab kelmoqda. Qanday ish tutasiz?
— Ichib, oyog`ida tura olmay qolgan batalon komandirini uyiga eltib qo`yaman.
— Oddiy askar Aliyev!
— Men!
— Faraz qiling, postda turibsiz. Kimdir post tomon emaklab kelmoqda. Qanday ish tutasiz?
— Ichib, oyog`ida tura olmay qolgan batalon komandirini uyiga eltib qo`yaman.
Uchta yigit janozaga boribdi. "Fotiha o`qing" degan ma’noda, — O`qiysizmi?, - deyishsa
Domla:
— Ishlayman, - debdi.
Domla:
— Ishlayman, - debdi.
Oshiq ispan yigit har oqshom sevgan qizini derazasi yonida serenada kuylarkan. Do`stlari undan:
— Nega shu qizga uylanib qo`ya qolmaysan?, - deyishsa,
— Keyin kimga serenada kuylayman?, - dermish.
— Nega shu qizga uylanib qo`ya qolmaysan?, - deyishsa,
— Keyin kimga serenada kuylayman?, - dermish.
Mast odam beshinchi etajdan pastga yiqilib tushibdi. Atrofini odamlar o`rab olib:
— Nima gap?, nima gap?, - deyishsa, yiqilgan odam asta o`rnidan turib:
— Men qayerdan bilaman nima gapligini?! Hozirgina tushgan bo`lsam, - dermish.
— Nima gap?, nima gap?, - deyishsa, yiqilgan odam asta o`rnidan turib:
— Men qayerdan bilaman nima gapligini?! Hozirgina tushgan bo`lsam, - dermish.
Ayollar hammomiga o`t tushibdi. O`t o`chiruvchilar kelishsa, hammomni oldida bir kishi qotib-qotib kular, o`t o`chiruvchilarga qarab hadeb, — Kech qoldinglar, kech qoldinglar, - dermish.
— Nega kech qolarkanmiz? Hammom hali yonib tugamadiku, - deyishsa
Haligi kishi:
— Hammom yonib tugamadi-yu, yalang`och xotinlar tum-taraqay bo`lib qochib bo`lishdi, - dermish.
— Nega kech qolarkanmiz? Hammom hali yonib tugamadiku, - deyishsa
Haligi kishi:
— Hammom yonib tugamadi-yu, yalang`och xotinlar tum-taraqay bo`lib qochib bo`lishdi, - dermish.