Latifa matni:
Poshsho bir kuni Afandining oldida oynaga qarab, o`zining xunukligidan shikoyat qildi:
— Qara, odam ham shunaqa xunuk, badbashara bo`ladimi?
— Bir marta oynaga qarab shuncha xafa bo`lasiz,— javob berdi Afandi,— o`lmagan bizning jonimiz: har kun sizni o`n marta ko`rsak ham chidab yura beramiz.