Afandi shayx bilan
Latifa matni:
Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr toshiga yozilgan bir lavhani o`qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning podshosi Sulton Abdulmalik pop Sulton Abdulmutalib jahonga mashhur bo`lib uch yoshida vafot etdi» deb yozilgan ekan:
Afandi taajjublanib shayxdan so`radi:
— Uch yoshida o`lgan bola qanday qilib jahonga mashhur bo`ladi?
Shayx javob berdi:
Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini xursandchilik bilan o`tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat qilganlar.
— Agar shunday bo`lsa,— dedi Afandi,— men o`lganimda qabrimga lavha tosh qo`yiladigan bo`lsa, unga: «Mulla Nasriddin tug`ildi-yu o`sha zamoni o`ldi» deb yozilar ekan-da!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr toshiga yozilgan bir lavhani o`qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning podshosi Sulton Abdulmalik pop Sulton Abdulmutalib jahonga mashhur bo`lib uch yoshida vafot etdi» deb yozilgan ekan: