Afandi podshoga vazir
Latifa matni:
Afandi podshoga vazir edi. Podsho nihoyatda ahmoq bo`lib, chet ellardan kelgan elchilar, olimlar, sayyohlar oldida bo`lar-bo`lmas gaplarni aytib, hadeb, o`z ahmoqligini oshkora qila berar, Afandi doim undan xijolat bo`lib, uning gaplarini shuvagani-shuvagan edi. Kunlarning birida Afandi bozor bo`lganidan podshoga dedi:
— Bundan keyin birov bilan gaplashayotganingizda, oyog`ingizga ip bog`lay-da, bir uchini ko`rpacha tagidan ushlab turay, to`g`ri javob bersangiz yoki o`rinli savol tashlasangiz tek turaveraman, aynisangiz, ipni asta tortib qo`yaman.
Bu gap podshoga ma’qul tushdi. Bir mamlakatdan elchi kelganda xuddi shunday qilindi. Elchi kirib o`tirishi bilan podsho so`radi:
— Qalay, mamlakatingizda it, mushuklar semizmi? Afandi ipni sekin tortdi, podsho gapdan to`xtagandan keyin, Afandi elchiga bu gapning «ma’no»sini izohlay boshladi:
— Shohimiz shunday teglik gapiradilarki, it, mushukning semizligi xalqning osoyishta va farovon turmush kechirishini ko`rsatadi.
Elchi bu gapdan kanoatlanib, podshoga ta’zim qildi. Buni ko`rib podsho Afandiga o`shqirdi:
— Ahmoq, shunday chuqur gap aytgan bo`lsam, nega ipni tortding!