Latifa matni:
Afandi o`g`li bilan ketayotsa, yonidan bir kal kishi o`tib qolibdi. O`g`li afandiga qarab:
— Dada qarang, anavi amaki kal ekan, - desa, afandi:
— Sekinroq gapir, eshitib qoladi, - debdi.
Shunda o`g`li:
— Nima dada, u amaki kalligini o`zi bilmaydimi?, - dermish.