Latifa matni:
Afandi bozorga to`ti sotgani chiqibdi. To`tisining bir oyog`iga qizil, ikkinchi oyog`iga oq ip bog`langan emish.
Odamlar:
— Afandim, bu iplarni nega bog`ladingiz, - desa,
Afandi:
— Bu to`ti donishmand. Qizil ipdan tortsanggiz so`kadi, qarg`aydi. Oq ipdan tortsangiz, yaxshi gaplarni gapiradi, - debdi.
Bir kishi:
— Ikkala ipni baravar tortsa nima bo`ladi? - desa,
To`ti:
— Baraka topgur, kaltafahm, tentak ekansan, ... yiqilib tushaman-ku! - dermish.