Latifa matni:
Afandining buzog`i bo`shalib ketib, yoyig`liq turgan g`o`zani yeya boshladi. Afandi buzoqni quvlagan edi, u tutqich bermay shataloq otib ketdi. Afandi borib, bog`liq turgan sigirni kaltaklay boshladi. Afandining xotini uning qo`lidan kaltakni tortib olib:
— G`o`zani yegan buzog`u, sigir bechorani nega urasiz?— dedi.
— Suv boshidan loyqa, bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonini uzib, g`o`za yeyishni bolasiga onasi o`rgatgan, ayb sigirda, — dedi Afandi.