Bir podshoh she’r
Latifa matni:
Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga o`qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat Afandi jim turganmish. Podshoh:
— Sen nima deysan?, - desa Afandi:
— Bunaqa rasvo she’rni eshitmaganman, - debdi.
Podshohni jahli chiqib, zindonga tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini shohni yoniga olib borishibti. Podsho yangi she’rni o`qib berib, — Qalay chiqibdi?, - desa, Afandi indamasdan o`girilib ketayotganmish.
Podshoh:
— Qayoqqa?, - desa, Afandi:
— Zindon qayerda edi, - dermish.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga o`qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat Afandi jim turganmish. Podshoh: