Latifa matni:
Afandini ikkita xotini bo`lgan ekan. Kunlarning birida afandidan birinchi xotini so`rabdi:
— Qaysi birimizni ko`proq sevasiz?
— Ikkovingni-yam birdek sevaman, - debdi afandi.
— Agar ikkala xotiningiz cho`kayotgan bo`lsa, kimni birinchi qutqarasiz? - so`rabdi yana xotini. Afandi bo`lsa:
— Sen suzishni bilasan-ku..., - dermish.