Latifa matni:
Afandi bir ashulachining ovozini hech yoqtirmas, u qayerda ashula aytsa, sekin turib ketar edi. Bir kuni Afandi ko`chada ketayotsa, o`sha ashulachi bir bola bilan kelayotgan ekan. Afandi so`radi:
— Bu bola kimingiz bo`ladi?
— O`g`lim,— dedi ashulachi.
Afandi peshonasiga urib dedi:
— Biz-ku, mayli edi-ya, endi bola-chaqalarimizning ham sho`ri qurir ekan-da!