Latifa matni:
Afandi daryoda cho`milayotgan edi, to`r tashlayotgan baliqchilarni ko`rib qoldi. Afandi sho`ng`ib borib to`rga kirdi. Baliqchilar to`rga juda katta baliq ilindi degan xayolda to`rni tortib olishdi, qarashsa, Afandi iljayib o`tiribdi.
— Afandi, bizni laqillatib, to`rda nima qilib yuribsiz?— deyishdi baliqchilar.
— Juda ko`p yillardan beri baliq bo`lib, to`rga tushishni orzu qilib yurar edim, armonda ketmay dedim,— javob berdi Afandi.